bank

Til

Istalgan tilni belgilang

uz

insta

OMMAVIY OFERTA

Toshkent sh.

"3" noyabr 2025 y.

"Unitel" MCHJ (keyinchalik - "Operator" deb yuritiladi) quyidagi shartlar asosida Shartnoma tuzish maqsadida jismoniy shaxslarga (keyinchalik - "Foydalanuvchi" deb yuritiladi) qaratilgan ommaviy oferta (keyinchalik - "Oferta" deb yuritiladi) bo'lgan ushbu hujjatni nashr etadi.

Potensial Foydalanuvchi tomonidan Ofertani akseptlash Servis orqali ro'yxatdan o'tish va/yoki Servisdan foydalanishni davom ettirish va/yoki Servis orqali taqdim etiladigan istalgan xizmatdan foydalanish yo'li bilan amalga oshiriladi (Ofertaga o'zgartirishlar kiritilgan taqdirda).

Oferta akseptlangandan so'ng, Foydalanuvchi Ofertaning barcha shartlarini shartsiz va istisnosiz qabul qilgan hisoblanadi.

1. ATAMALAR VA TA'RIFLAR

1.1. Katta harflar bilan yozilgan va ushbu Ofertada ishlatiladigan atamalar quyidagi ma'noni bildiradi:

«Buyurtma»Foydalanuvchi tomonidan Servisning tegishli interfeysi orqali aviachipta sotib olish yoki launj-zonaga kirish chiptasini bron qilish/sotib olish;
«Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish»Shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo'q qilish bo'yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;
«Shaxsga doir ma'lumotlar»Muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog'ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va himoya qilish siyosatiShaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishning maqsadlari, huquqiy asoslari, tamoyillari, tartibi va shartlarini, shuningdek ularni himoya qilish va shaxsga doir ma'lumot subyektlari huquqlarini ta'minlash chora-tadbirlarini O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilaydigan hujjat bo'lib, quyidagi manzilda joylashtirilgan: https://kettik.travel/oferta
«Foydalanuvchi»Ushbu Ofertani akseptlagan va Servisdan shaxsiy ehtiyojlari uchun (tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan) foydalanayotgan layoqatli jismoniy shaxs;
«Yetkazib beruvchi»Foydalanuvchiga xizmatlarni taqdim etadigan Operatorning hamkori, ya'ni aviakompaniyalar, launj-zonalar operatorlari, ularning agentlari va Foydalanuvchiga xizmat ko'rsatadigan boshqa uchinchi shaxslar. Yetkazib beruvchilar ro'yxati: "RAXMAT-TRAVEL" MCHJ;
«Servis»Internet tarmog'i orqali foydalanuvchilarga erishimli bo'lgan dasturiy ilovani ifodalovchi "Kettik!" servisi. Servis foydalanuvchilarga Servisda joylashtirilgan turli xil kontent bilan o'zaro aloqada bo'lish, shu jumladan turli aviakompaniyalarning aviachiptalarini qidirish va sotib olish, shuningdek launj-zonalarga kirishni tanlash va ro'yxatdan o'tkazish imkonini beradi;
«Hisob yozuvi»Servisda ro'yxatdan o'tish orqali Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan hisob yozuvi.

2. OFERTA PREDMETI

2.1. Ushbu Oferta shartlariga muvofiq, Operator Foydalanuvchiga Servisdan uning e'lon qilingan funksional imkoniyatlari doirasida va ushbu Ofertada bayon etilgan shartlar asosida foydalanish imkoniyatini beradi.

2.2. Servis orqali Foydalanuvchi quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

  • 2.2.1. turli aviakompaniyalardan aviachiptalarni qidirish va sotib olish;
  • 2.2.2. launj-zonalarga kirishni tanlash va ro'yxatdan o'tkazish.

2.3. Operator tashuvchi emas va launj-zonalarni boshqarmaydi. Haqiqiy parvozni amalga oshirish, samolyotda xizmat ko'rsatish sifati va launj-zonalarda xizmatlardan foydalanish/sifati bo'yicha barcha majburiyatlar tegishli Yetkazib beruvchilarning zimmasida bo'ladi. Yetkazib beruvchilarning xizmatlari doirasidagi majburiyatlar Foydalanuvchi va Yetkazib beruvchi o'rtasida yuzaga keladi. Shartlar (tariflar, qaytarish qoidalari, individual cheklovlar) muayyan Yetkazib beruvchining kelishuvlari bilan tartibga solinadi.

2.4. Operator turizm bozorida mustaqil faoliyatni amalga oshirmaydi, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilangan turizm sohasi subyekti hisoblanmaydi. Operator xizmatlari sayyohlik agentligi xizmatlari emas, Yetkazib beruvchilarning funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari Operatorga o'tmaydi.

2.5. Aviachiptalarga yoki launj-zonalarga buyurtma berishda Foydalanuvchi tanlangan Yetkazib beruvchilarning qoidalariga rozi bo'ladi va maxsus shartlar bilan tanishganligini tasdiqlaydi (masalan, yosh cheklovlari, launj-zonadagi dress-kod, chiptalarni qaytarish shartlari, aviakompaniyaning bagaj normalari va boshqalar).

2.6. Buyurtmani rasmiylashtirish Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda, xohishiga ko'ra, tegishli Servis interfeysi orqali, Yetkazib beruvchining tegishli xizmatining ofertasi, uni taqdim etish shartlari va narxi va boshqa muhim ma'lumotlar bilan tanishgandan so'ng amalga oshiriladi.

2.7. To'lov Servisda mavjud bo'lgan usullar bilan amalga oshiriladi (elektron to'lov servislari va boshqalar). To'lovni tasdiqlashdan oldin Foydalanuvchi barcha parametrlarni (yo'lovchining FIOsi, uchib ketish sanasi va vaqti, aeroport nomi, launj-zonaga kirish vaqti va boshqalar) diqqat bilan tekshirib chiqishi kerak. To'lov muddatlari buzilgan taqdirda (masalan, aviachiptaga to'lov qilish uchun vaqt chegarasi bo'lsa), bron Yetkazib beruvchi tomonidan bekor qilinishi mumkin.

2.8. Aviachiptalarni qaytarish aviakompaniya tariflari bilan tartibga solinadi. Ba'zi chiptalar qaytarilmaydigan bo'lishi yoki qaytarib berish/almashtirishda jarima to'lanishi mumkin. Launj-zona ruxsatnomalarini qaytarish tegishli Yetkazib beruvchining siyosati bilan tartibga solinadi. Ba'zi hollarda, qaytarib berishning iloji bo'lmasligi mumkin.

2.9. Buyurtma bekor qilingan taqdirda, Operatorning serviz yig'imi (agar u undirilgan bo'lsa) qaytarilmasligi mumkin, chunki bu aslida ko'rsatilgan axborot xizmatlari uchun to'lov hisoblanadi.

2.10. Foydalanuvchi har qanday jarimalar yoki qaytarib berishlar uchun ushlanmalar tegishli Yetkazib beruvchi tomonidan belgilanishiga rozi bo'ladi.

3. SERVISLARGA KIRISHNI TA'MINLASH TARTIBI

3.1. Servisda dastlabki ro'yxatdan o'tishda Foydalanuvchiga Hisob yozuvi yaratiladi.

3.2. Ro'yxatdan o'tish paytida Foydalanuvchi quyidagi ishonchli ma'lumotlarni ko'rsatadi: aloqa telefoni, e-mail;

3.3. Dastlabki ro'yxatdan o'tishda Foydalanuvchi mustaqil ravishda doimiy parol o'rnatadi, undan keyinchalik Servisda avtorizatsiya qilish uchun foydalaniladi.

4. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARGA ISHLOV BERISH

4.1. Mazkur Ofertani akseptlash va/yoki Servisning veb-saytida ro'yxatdan o'tish va/yoki uning funksional imkoniyatlaridan foydalanish quyidagilarni anglatadi: (i) Foydalanuvchining Shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish va himoya qilish Siyosatiga to'liq va shartsiz rozi bo'lish, hamda (ii) O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va himoya qilish siyosati hamda mazkur Ofertada ko'rsatilgan maqsadlarda uning Shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish uchun aniq, ixtiyoriy va ma'lumotli rozilik berish.

5. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Foydalanuvchining majburiyatlari:

  • 5.1.1. ushbu Oferta matni bilan tanishib chiqish va uning shartlariga rioya qilish;
  • 5.1.2. Servisdan foydalanishda O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlari va manfaatlariga rioya qilish;
  • 5.1.3. Servisning normal ishlashini buzishga olib keladigan harakatlarni amalga oshirmaslik, shu jumladan viruslar, troyanlar va boshqa zararli dasturlardan foydalanmaslik;
  • 5.1.4. Servisda ushbu Oferta shartlaridagi o'zgarishlarni mustaqil ravishda kuzatib borish;
  • 5.1.5. avtorizatsiya qilish uchun ishlatiladigan ma'lumotlarining maxfiy saqlanishini ta'minlash va ularning buzilishiga yo'l qo'ymaslik;
  • 5.1.6. Avtorizatsiya qilish uchun ishlatiladigan ma'lumotlar yo'qotilgan yoki ularning maxfiyligi buzilayotganligi to'g'risida asosli shubhalar bo'lgan taqdirda darhol Operatorni xabardor qilish.

5.2. Foydalanuvchining huquqlari:

  • 5.2.1. Oferta shartlariga muvofiq Servisdan foydalanish;
  • 5.2.2. Servisning shartlari va sifati bilan bog'liq barcha masalalar bo'yicha Operatorga murojaat qilish.

5.3. Operatorning majburiyatlari:

  • 5.3.1. Foydalanuvchiga ushbu Oferta shartlariga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Servisdan foydalanish imkoniyatini taqdim etish;
  • 5.3.2. Servisdan foydalanishni qiyinlashtiradigan yoki yomonlashtiradigan favqulodda vaziyatlar to'g'risida Foydalanuvchini o'z vaqtida xabardor qilish;
  • 5.3.3. Ro'yxatdan o'tish paytida Foydalanuvchidan olingan Foydalanuvchi ma'lumotlarini, shuningdek Foydalanuvchi Servisdan foydalanishi tufayli Operator ixtiyorida bo'lgan boshqa ma'lumotlarni maxfiy saqlash, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida va Ofertada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
  • 5.3.4. Servisdagi nosozliklar, uzilishlar yoki ish sifatining yomonlashishini bartaraf etish choralarini ko'rish.

5.4. Operator quyidagi huquqlarga ega:

  • 5.4.1. Servisdan foydalangan holda amalga oshiriladigan noto'g'ri xatti-harakatlarni aniqlash va oldini olish uchun har qanday oqilona choralarni ko'rish;
  • 5.4.2. ushbu Ofertaga bir tomonlama tartibda o'zgartirishlar kiritish;
  • 5.4.3. Servisning mazmunini, uning tuzilishi va tashqi ko'rinishini belgilash, shuningdek ma'lum xizmatlarga kirish uchun Servisdan foydalanish imkoniyatini belgilash yoki bekor qilish;
  • 5.4.4. Foydalanuvchi mazkur Ofertani va/yoki O'zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzgan taqdirda Operator uning uchun Servisdan foydalanish imkoniyatini to'xtatib qo'yishga haqli;
  • 5.4.5. Oferta doirasida huquq va majburiyatlarni amalga oshirish maqsadida har qanday uchinchi shaxslarni, shu jumladan Yetkazib beruvchilarni jalb qilish;
  • 5.4.6. Servisning istalgan qismida reklama va/yoki boshqa ma'lumotlarni joylashtirish;
  • 5.4.7. quyidagi hollarda to'xtatib turish sabablari bartaraf etilgunga qadar Servisdan foydalanish imkoniyatini bir tomonlama tartibda to'xtatib turish:
  • 5.4.7.1. montaj, ishga tushirish, profilaktika, avariya ishlarini olib borishda, Operator tarmog'ida uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish yoki modifikatsiya ishlarini olib borishda, Operator yoki uchinchi shaxslarning uskunalarining texnik nosozliklari va ishlamay qolishida;
  • 5.4.7.2. Foydalanuvchi tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzadigan va/yoki Operatorga, uchinchi shaxslarga zarar yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etilganligi belgilari aniqlanganda;
  • 5.4.7.3. Operator va/yoki huquq egalarining intellektual huquqlari har qanday tarzda buzilgan taqdirda;
  • 5.4.7.4. Operator har qanday davlat, tartibga soluvchi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan qonuniy buyruq olganda;
  • 5.4.8. Foydalanuvchidan Oferta shartlarini bajarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni olish;
  • 5.4.9. ushbu Ofertada va/yoki O'zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirish.

6. JAVOBGARLIK VA JAVOBGARLIKNI CHEKLASH

6.1. Tomonlar mazkur Ofertani bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va ushbu Ofertaga muvofiq javobgar bo'ladilar.

6.2. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, Operator foyda yo'qotilishi, daromad yetishmasligi, ma'lumot yo'qolishi, moliyaviy va/yoki boshqa zararlar, shuningdek bilvosita va/yoki kutilmagan zararlar uchun javobgar bo'lmaydi.

6.3. Buyurtmaga kiritilgan xizmatlarni ko'rsatmaslik yoki lozim darajada ko'rsatmaslik uchun ushbu xizmatlarni Yetkazib beruvchi javobgar bo'ladi. U haqidagi ma'lumot Foydalanuvchiga tasdiqlangan buyurtmada taqdim etiladi.

6.4. Foydalanuvchi Servisning foydalanayotgan qurilmaga mos kelmasligi yoki ular o'rtasidagi ziddiyatlar bilan bog'liq yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar uchun shaxsan javobgar bo'ladi.

6.5. Agar Foydalanuvchida buyurtmaga kiritilgan xizmatlarning sifati yoki to'liqligi borasida shikoyatlar bo'lsa, kamchiliklarni bartaraf etish uchun u to'g'ridan-to'g'ri Yetkazib beruvchiga murojaat qilishi kerak. Operator Foydalanuvchiga vaziyatni hal qilishda yordam beradi.

6.6. Operator taqdim etilgan xizmatlar Foydalanuvchining subyektiv talablariga javob bermasligi uchun javobgar bo'lmaydi.

6.7. Foydalanuvchi o'z hujjatlarining (masalan, pasport, chet el pasporti) tashrif buyuradigan mamlakat, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligi, shuningdek kirish va tranzit uchun yetarli hujjatlar mavjudligi uchun javobgar bo'ladi.

6.8. Foydalanuvchi o'zi va buyurtma bo'yicha xizmatlarni oladigan boshqa shaxslar uchun barcha kerakli hujjatlar mavjudligini ta'minlashi shart. Bular qatoriga amal qilish muddati yetarli bo'lgan chet el va fuqarolik pasportlari, vizalar, ruxsat etish belgilari va kirishga to'sqinlik qiladigan holatlarning yo'qligi (masalan, so'ndirilmagan vizalar, bajarilmagan majburiyatlar, voyaga yetmagan bolaning chiqib ketishiga rozilik yo'qligi) kiradi.

6.9. Operator veb-sayt yoki avtomatlashtirilgan bronlash tizimidagi uzilishlar va bular bilan bog'liq Foydalanuvchining xarajatlari uchun javob bermaydi.

6.10. Xizmatlarning narxi istalgan vaqtda o'zgarishi mumkin. Yangi narxlar veb-saytda e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va buyurtmani rasmiylashtirish bosqichida amal qiladi. Ushbu shart tasdiqlanib bo'lingan buyurtmalarga taalluqli emas.

6.11. Operator Foydalanuvchiga Yetkazib beruvchi tomonidan yetkazilgan zarar uchun moliyaviy yoki boshqa javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

6.12. Operator tashish shartnomasining (Foydalanuvchi va Yetkazib beruvchi o'rtasida) yoki launj-zonaga tashrif buyurish shartnomasining (Foydalanuvchi va Yetkazib beruvchi o'rtasida) tomoni hisoblanmaydi va ularning bajarilishidagi har qanday nosozliklar uchun javobgar bo'lmaydi.

6.13. Operator parvozning bekor qilinishi, jadvalning o'zgarishi, launj-zonaga kirish rad etilganligi, shuningdek Foydalanuvchi tomonidan ko'rsatilgan noto'g'ri ma'lumotlar tufayli Foydalanuvchi ko'rgan zararni qoplab bermaydi.

6.14. Operator quyidagilar uchun javob bermaydi:

  • 6.14.1. xizmat ko'rsatishni boshlash joyiga Foydalanuvchining kechikishi yoki kelmasligi;
  • 6.14.2. Foydalanuvchi Yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan qoidalarga rioya qilmasligi;
  • 6.14.3. O'zbekiston Respublikasi, qabul qiluvchi mamlakat yoki tranzit davlatlar qonunchiligining buzilishi;
  • 6.14.4. chegarani kesib o'tish qoidalarining buzilishi;
  • 6.14.5. Foydalanuvchining harakatlari yoki harakatsizligi;
  • 6.14.6. davlat organlari tomonidan kiritilgan cheklovlar;
  • 6.14.7. Operator bilan bog'liq bo'lmagan uchinchi shaxslarning harakatlari.

7. INTELLEKTUAL MULK

7.1. Servisda ishlatiladigan va joylashtirilgan intellektual faoliyatning barcha natijalari (shu jumladan Servisning o'zi) ularning qonuniy huquq egalarining intellektual mulki hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan muhofaza qilinadi.

7.2. Servisda joylashtirilgan intellektual faoliyat natijalaridan (shu jumladan Servis sahifalarining vizual bezaklari, ramzlar, matnlar, grafik tasvirlar, illyustratsiyalar, fotosuratlar, videolar, dasturlar, musiqa va boshqa obyektlar) Operator va/yoki tegishli mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz har qanday foydalanish noqonuniy hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo'ladi.

7.3. Foydalanuvchi Operator va/yoki tegishli mualliflik huquqi egasining roziligisiz har qanday tijorat maqsadlarida Servis va/yoki Servis tarkibining biron bir qismini nusxalash, sotish, tarqatish, shuningdek undan foydalanish huquqiga ega emas.

8. OFERTANING AMAL QILISH MUDDATI VA UNI O'ZGARTIRISH TARTIBI

8.1. Oferta cheksiz muddatga tuziladi.

8.2. Operator Ofertani Foydalanuvchini maxsus ogohlantirmasdan o'zgartirishi mumkin, Ofertaning yangi tahriri Servisda joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, agar Ofertaning yangi tahririda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa.

8.3. Ofertaning har qanday o'zgarishidan keyin Foydalanuvchi Servisdan foydalanishni davom ettirishi Foydalanuvchining bunday o'zgarishlarga roziligini anglatadi. Agar Foydalanuvchi Oferta shartlariga rozi bo'lmasa, u Servisdan foydalanishni to'xtatish majburiyatini oladi.

8.4. Agar Ofertaning 5.4.7-bandiga muvofiq Servisdan foydalanish imkoniyati to'xtatilgandan so'ng, 30 (o'ttiz) kalendar kun ichida to'xtatib turish sabablari bartaraf etilmagan bo'lsa, Operator Ofertani bajarishdan bir tomonlama tartibda voz kechishga haqli.

9. QO'LLANILADIGAN HUQUQ VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

9.1. Mazkur Oferta O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi va talqin qilinadi.

9.2. Ushbu Ofertadan kelib chiqqan har qanday nizo tinch yo'l bilan yoki Foydalanuvchining yozma arizasi asosida da'vo tartibida hal qilinishi kerak. Murojaatni ko'rib chiqish muddati va uning mazmuniga doir talablar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilanadi.

9.3. Agar yuzaga kelgan nizo da'vo tartibida hal etilmasa, u O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda javobgar turgan joydagi idoraviy mansublikdagi sudda ko'rib chiqilishi lozim.

10. YAKUNIY QOIDALAR

  • 10.1. Agar qandaydir sabablarga ko'ra ushbu Ofertaning bir yoki bir nechta qoidalari bekor qilingan yoki yuridik kuchga ega bo'lmagan deb topilsa, bu Ofertaning qolgan qoidalarining amal qilish muddati yoki qo'llanilishiga ta'sir qilmaydi.
  • 10.2. Agar Foydalanuvchi aksini isbotlamagan bo'lsa, uning Hisob yozuvidan foydalangan holda amalga oshirilgan har qanday harakatlar tegishli Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi. Agar uning Hisob yozuviga ruxsatsiz kirilgan bo'lsa, Foydalanuvchi bu haqda darhol Operatorga xabar berishi shart.
  • 10.3. Ofertada nazarda tutilmagan boshqa barcha jihatlarda Tomonlar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.

11. OPERATORNING MANZILI VA REKVIZITLARI

"Unitel" MCHJ
Turistik faoliyat uchun litsenziya: 22.05.2025 y. №785075
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100047, Mirobod tumani, Buxoro ko'chasi, 1-uy
Email: support@kettik.travel
Tel.: +998 (20) 007-00-70
Tel.: +998 (90) 373-03-30
STIR: 201838002